12 dek 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua va Parker kelishuvga erishishga yaqin
WBO yo'nalishida superog'ir vazn chempioni Jozef Parker Entoni Joshua bilan birlashtiruvchi jang o'tkazish uchun muzokaralar ketayotgani haqida xabar qildi.
"Fikrimcha, Joshuaga qarshi jang keyingi yilda, yanayam aniqrog'i mart oyida o'tkazilishi mumkin.
Muzokaralar yaxshi ketmoqda. Ular yakunlanishiga oz qoldi. Ular menga 30 foiz gonorar berishmoqchi. Biz esa umumiy summaning 35 foizini olmoqchimiz.
Bizga 35, unga esa 65 foiz qolmoqda. Mendan ikki baravar ko'p. Bu adolattan bo'ladi. CHunki, unda ikkita kamar bor. Menda esa bitta", - dedi Parker.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar