09 jan 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua va Parkerga vada qilingan gonorar summasi oshkor qilindi
Buyuk Britaniyaning Daily Mirror nashri superog'ir vazn toifasida jahon chempionlari Entoni Joshua va Jozef Parker uchun vada qilingan gonorar summasini oshkor qildi.
Unga ko'ra, jangdan tushadigan daromadning 65 foizi Joshuaga, qolgan 35 foizi Parkerga tegishli bo'ladi. Britaniyalik chempion 15 million funt sterling (20,3 million dollar), Yangi Zelandiya bokschisi esa 7 million funt sterling (9,5 million dollar) miqdoridagi gonorarni qo'lga kiritadi .
Malumot uchun, Entoni Joshua superog'ir vazn toifasida IBF,
IBO va WBA, Jozef Parker esa WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turibdi. Bu ikki
bokschi o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 31 mart kuni Uels poytaxti Kardiff
shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar