16 apr 08:48
Yangiliklar
Joshuaga ikki jang taklif qilindi, bittasi Tayson bilan
Bu haqda promouter Eddi Xirn malum qildi.
"Bizga iyul oyida jang qilish uchun shartnoma taklif etishdi. Keyin esa noyabr oyida Tayson Fyuri bilan jang ham berishdi", - dedi Xirn. U bu kelishuv iyul oyida Joshuaga sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder raqib bo'lishini nazarda tutmasligini ham aytdi. — O'ylaymanki, shu yo'ldan boramiz. Agar men tashkilotchi bo'lganimda, avval Deontey Uaylder, keyin esa Tayson Fyuri bilan jang qilgan bo'lardim. Ammo ushbu taklif doirasida Fyuri bilan jang asosiy hisoblanadi. Biz Uaylder bilan hech qanday muammosiz uchrashgan bo'lardik, lekin bu kelishuv doirasida Deontey raqib bo'ladi deb o'ylamayman", - dedi promouter.
Avvalroq Eddi Xirn Uaylder Joshua uchun Fyuri bilan jang oldidan yaxshi mashq bo'lishini aytgan edi.

Fikrlar