19 avg 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaga WBC kamari kerak, raqib Fyurimi yoki Uayt, farqi yo'q!
Superog'ir vaznda WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua bosh maqsadi mutlaq jahon chempioni bo'lish ekanligini malum qildi.
Bu malumotni britaniyalik chempionning promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi. Joshua kelasi yili orzusini ro'yobga chiqarish uchun WBC chempioniga qarshi jang o'tkazadi. Raqib Fyuri bo'ladimi yoki Dillian Uayt, unga buning ahamiyati yo'q.
Ushbu kamar sohibi bo'lib turgan Tayson Fyuri amerikalik Deontey Uaylderga revansh jangi taqdim etishi kerak. Kamar uchun rasmiy davogar Dillian Uayt esa 22 avgust kuni rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga chiqadi. Katta ehtimol bilan bu juftlikda yutgan bokschi Fyuri - Uaylder jangi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar