23 fev 10:42
Yangiliklar
"Joshuaning dovrug'i haqiqiy mahoratidan ustun"
Promouter Dmitriy Salitaning sobiq mijozi bo'lgan amerikalik og'ir vaznli bokschi Jarrel Miller Joshuaning Usikka qarshi imkoniyatlari to'g'risida gapirdi.
- Joshuaning Usik bilan tenglasha olishiga ishonasizmi?
- Yo'q, men bunday deb o'ylamayman. Lekin umid qilaman, u buni uddalay oladi. CHunki men o'zim ham Joshuani nokautga uchratmoqchiman. Muammo shundaki, Entoni faoliyatining dastlabki bosqichida uzoq vaqt ovora bo'ldi. U "meshok"lar bilan jang qildi. Joshua bokschining moslashishiga yordam beradigan texnik uslubga ega bo'lganlar bilan jang qilmadi.
U o'zidan kuchsizroq, kichikroq, biroq "Aykyu" darajasi yuqoriroq bo'lgan bokschilar bilan ringga chiqdi. Mushaklar va katta jussa boksda hech narsani hal qilmaydi. Usik buni isbotladi. Aleksandr endi chempion va u shu erda qolish uchun yanada ko'proq harakat qiladi. SHunday ekan, Joshua Usikni to'xtatish uchun nima qila olishini tushunmayapman", - dedi Miller.
Fikrlar