24 noy 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning jamoasi Uaylderga bir yo'la ikkita jang taklif qildi
MatchroomBoxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBC chempioni Deontey Uaylderga yana bir taklif bilan chiqdi.
Eddi Xirn superog'ir vaznda uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Entoni Joshuaning promouteri hisoblanadi. Promouter bor etiborini Joshua va Uaylder o'rtasida jang o'tkazishga qaratgan.
“Agar Uaylder 1 dekabr kuni Fyurini mag'lubiyatga uchratsa, u holda zudlik bilan uning keyingi jangi Joshuashga qarshi o'tkazilishini taminlashga harakat qilamiz. Deonteyga bir yo'la ikkita jangni o'zida mujassam etgan shartnoma beramiz. Janglarning biri AQSHda, ikkinchisi esa Angliyada o'tkaziladi. SHunday qilsak, adolatli bo'lardi. Mabodo, u bu taklifni ham rad etsa, boshqa ushbu jang mavzusiga qaytmasak ham bo'ladi”, - dedi Xirn.
Havola :
Fikrlar