26 okt 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning promouteri: "Klichkoga qarshi jang bahorda bo'lib o'tadi"
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko jarohat olganidan so'ng uning Entoni Joshuaga qarshi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan jangi bekor qilindi.
Bu borada britaniyalik bokschining promouteri yangiliklarni malum qildi.
"Biz bu jangni bahorda o'tkazmoqchimiz. Balki, ushbu bahs stadionda bo'lib o'tar. Bu borada "Millenium" stadioni bilan muzokara o'tkazmoqdamiz. Ushbu jang mart yoki aprel oyida bo'lib o'tishi mumkin. Londonda ushbu vaqtda sovuq bo'lsada, yuqoridagi stadionning tomi bor", - deydi promouter.
Havola :
Manba : Boxingscene
Fikrlar