12 iyu 07:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning ruhiy holati yaxshi emasligi aytildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri vatandoshi Entoni Joshuaning psixologik holati yaxshi emasligini malum qildi.
Fyurining aytishicha, aynan ruhiy holatning yaxshi bo'lmagani Joshuaga Endi Ruisga qarshi kechgan jangida pand bergan.
“Men Joshuaning psixologik jihatdan zaif ekanini ko'rdim. Uning o'tkazib yuborgan zarbalari u darajada kuchli emasdi. Ettinchi raunddagi zarba Entonidek kuchli bokschini yiqitadigan darajada kuchli emas edi. U xuddi atayin yiqilgandek taassurot qoldirdi.
Bu uning jangga tayyor emasligi, jang qilishni istamayotganidan dalolat edi. Unga yaxshi psixolog kerak. Keyin Joshua atrofidagi laganbardorlardan qutulishi lozim. Atrofida faqat pul dardidagi odamlar ko'payib ketgan”, - deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar