01 okt 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning sparring sherigi: "U mag'lub bo'lganda, stadiondagi hamma ko'z yosh to'kdi"
Entoni Joshuaning sparring sherigi, rossiyalik bokschi Vartan Arutyunyan Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
Rossiyalik charm qo'lqop ustasi jang payti aynan stadionda bo'lgan.
"Arenaga kirganingizda u er qanchalik katta ekanligidan hayratga tushasiz. 65 ming muxlis! Odamlar boksni juda sevishadi. Albatta, hamma Joshuaga muxlislik qildi. U mag'lub bo'lganda esa, u erda xatto janjallar ham yuz berdi, stadiondagi hamma ko'z yosh to'kdi. Ring yonidagi qo'riqchi ham ko'z yosh to'kdi. Barcha, qanday qilib bu voqea sodir bo'lganini tushuna olmasdi", - dedi Vartan Arutyunyan.
Havola :
Manba : «Руки выше»
Fikrlar