So’nggi yangiliklar

09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан нокаут бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0 15:02Нодирбек Абдусатторов Лондон турнирини ғалаба билан бошлади 0 14:26"Реал" 2026/27 йилги Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичига биринчи бўлиб йўл олди 0 13:59Гукеш ва Синдаров Жаҳон тожи учун баҳсдаги вақт назорати ҳақида фикр билдиришди 0 13:12Жаҳон чемпиони Қувончбек Исмоиловга уч хонали уй совға қилинди 0

21 avg 18:33
Yangiliklar

Futbol

Joze Mourino Madridning "Real" klubidagi bosh missiyasi haqida gapirib berdi

Teglar :  RealJoze Mourino
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino klubdagi missiyasi haqida so'zlab berdi.

"Men ham hozirga, ham kelajakka o'z hissamni qo'shmoqchiman. Albatta, men g'alaba qozonishni xohlayman. "Real Madrid"ning yana zafar quchishini istayman, chunki bu ularning tabiiy holatidir. Lekin, birinchi martadagidek, men murabbiyning ishi faqat hozirgi kun bilan cheklanmaydi — u kelajakni tayyorlash bilan ham bog'liq degan tushunchani o'zgartirishni xohlamayman.

Odamlar meni qattiq disciplinar yondashuv bilan keladi deb o'ylashadi. Yo'q. Men sog'lom fikr bilan kelaman. Birinchi kundan boshlab men o'yinchilardan aynan sog'lom fikrni talab qilaman. Kelish vaqti, ketish vaqti, trenajyor zalidagi ish, maydondagi ish, taktik tahlil bilan yakka tartibdagi ish… Professionallik, kasbga hurmat va ayniqsa klubga bo'lgan hurmat nuqtai nazaridan ulardan talab qiladigan hamma narsam men uchun sog'lom fikrdir. Va o'ylaymanki, ular ham buni sog'lom fikr nuqtai nazaridan qabul qilishadi.

Men buni ispan tilida qanday aytishni bilmayman, lekin portugal tilida men uchun juda muhim bo'lgan bir ibora bor: biz "Real"da ishlashimiz kerak emas — biz "Real" uchun ishlashimiz kerak. Men uchun bu hammamiz har kuni qabul qilishimiz, tushunishimiz va amalga oshirishimiz kerak bo'lgan tamoyildir. Men aynan mana shu narsani olib kirmoqchiman: "Real" manfaati uchun mehnat qilish", — deydi Mourino Madrid klubining rasmiy saytiga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing