28 jan 16:39
Yangiliklar
Joze Mourinyu "CHelsi"ga qaytishni istamoqda
Mourinyu Rim klubi rahbariyati tomonidan moliyaviy yordam ko'rsatilmaganidan hafsalasi pir bo'lgan. Portugaliyalik mutaxassis uchun ayni vaqtda ustuvor scenariy Lonlon klubiga qaytish bo'lib, u avval ikki marta “qo'klar”ga ustozlik qilgan: 2004 yildan 2007 yilgacha va 2013 yildan 2015 yilgacha.
Mourinyu vakillari allaqachon “CHelsi” rahbariyati bilan bog'lanib, murabbiyning ehtimoliy qaytishini muhokama qilishgan. Biroq londonliklar jamoaning hozirgi paytdagi bosh murabbiyi Grem Potterni to'liq qo'llab quvvatlashini bildirgan.
Mourinyuning rafiqasi va bolalari hamon Londonda yashashi bois mutaxassis uchun Angliyada ishlash ustuvor ahamiyatga ega. Premer ligaga qaytishga bo'lgan qiziqish va “Roma”ning murabbiyning jamoadagi imkoniyatlarni oshirishga etarlicha yordam bera olmayotganiga qaramay Mourinyu Rim klubini mavsum o'rtasida tark etmaydi.
Fikrlar