30 iyu 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Jozef Parker Aleks Liepaini mag'lub etdi
AQSHda bo'lib o'tgan boks oqshomida superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jozef Parker o'z jangini o'tkazdi.
Yangi Zelandiya bokschisi DAZN hamda Eddi Xirn bilan imzolangan shartnoma doirasidagi ilk jangda samoalik 39 yoshli Aleks Liepaiga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangning o'ninchi raundida 27 yoshli Parker raqibini texnik nokautga uchratdi. CompuBox statistikasiga ko'ra Parkerning 545 ta zarbasidan 198 tasi manziliga aniq etib borgan. Liepai esa bor yo'g'i 42 ta aniq zarba yo'lladi.
Havola :
Fikrlar