24 jan 07:43
Yangiliklar
"Juda kech". Usik murabbiylari uni nima uchun boksga qabul qilmaganini gapirdi
"Otam menga: "O'g'lim, sen bunga qodirsan. Men senga ishonaman!" dedi. Men nima uchun aynan boks deb so'radim. U esa: "Bu zo'r sport. Bir urinib ko'r" deya javob berdi.
Men zalga bordim va u erdagi murabbiylar: "Necha yoshsan?" deb so'rashdi. Men 15 yoshda ekanimni aytdim, ular esa: "Juda kech" deb javob berishdi.
Uyga qaytganimda otam bilan gaplasha olmadim, lekin yana bir bor urinib ko'rishga qaror qildim. Boshqa zalga bordim, u erda ham rad etishdi.
Bir kuni do'stim bilan o'tirgandik. SHunda bir tanishimizning boks zaliga ketib ketayotganini ko'rib qoldik. U yangi murabbiy borligi va hammani qabul qilishini aytdi. SHunda men uyga qaytib, futbolka va qo'lqoplarimni oldim va birga o'sha zalga bordik. Hammasi o'shandan boshlandi", — dedi Usik The Ring Magazine'ga bergan intervyusida.
Fikrlar