10 mar 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Kallum Jonson SHonni nokaut evaziga mag'lub etdi
Professionad boksning yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar Kallum Jonson faoliyatidagi yorqin g'alabaga erishdi.
Jonson bundan bir necha daqiqa avval AQSHda yakunlangan jangda amerikalik SHon Moneganni uchinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Ikkinchi raundda Monegan ikki bor nokdaun holatiga tushib qoldi. Uchinchi raundda esa referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Malumot uchun, Jonson o'tgan yilning noyabr oyida IBF chempionlik kamari uchun rossiyalik Artur Beterbievga qarshi ringga ko'tarilgandi. O'shanda Kallum Arturni nokdaun holatiga tushira olgan bo'lsa-da, lekin to'rtinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatini tan olgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar