04 apr 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kallum Smit yozning birinchi kuni WBA kamarini himoya qiladi
Professional boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA chempioni Kallum Smit navbatdagi jangini 1 iyun kuni o'tkazadigan bo'ldi.
Britaniyalik jahon chempioni yoz faslining birinchi kuni AQSHning Nyu-York shahrida ringga ko'tariladi. Aynan ushbu boks oqshomining markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua ishtirokida bo'lib o'tadi.
Bu malumotni har ikki bokschining promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi. Xirnning aytishicha, Kallum Smit Kanelo, Golovkin, Xulio Sezar CHaves, Denni Jeykobs kabi mashhur bokschilar bilan jang qilishi uchun Britaniya emas, AQSHda o'z janglarini o'tkazishi lozim.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar