25 avg 12:12
Yangiliklar
Futbol
"Kamarimga tegmang". CHarlo WBO'ning kamarni olib qo'yishiga qarshi chiqmoqda
Birinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Jermell CHarlo Butunjahon boks tashkiloti (WBO)ning uni kamardan mahrum qilishi haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"WBO'ga yozing va mening kamarimga tegmasliklarini ayting. Kamarimga tegishmasin", - dedi CHarlo.
Eslatib o'tamiz, WBO CHarloga sentyabr oyigacha kamarlarni Czyudan himoya qilishi bo'yicha buyruq bergandi. Biroq, CHarlo Czyu bilan emas, Saul Alvares bilan jang qilishga qaror qildi. Ushbu jang 30 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar