27 iyu 16:55
Yangiliklar
Boks/MMA
"Kamarni himoya qilmasangiz - uni olib qo'yishadi". Joshua Usikning kamari olib qo'yilishiga munosabat bildirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Aleksandr Usikdan kamar olib qo'yilishiga munosabat bildirdi.
"Bu yaxshi. IBF qilishi kerak bo'lgan ishni qildi. Daniel Dyubua - amaldagi chempion. Meni esa o'z ishimni qilishga chaqirishdi.
Muammo shundaki, Usik majburiy revanshda qatnashishi kerak, IBF esa kamarini himoya qilishi kerak, shunday emasmi? Agar siz kamaringizni himoya qilmasangiz, uni olib qo'yishadi. Bu boksdagi oddiy g'olat. Navbat bo'yicha keyingisi menman. Otto Vallin bilan jang orqali men davogarga aylandim", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : The Stomping Ground
Fikrlar