04 noy 18:30
Yangiliklar

"Kamarni unga sovg'a qilishdi". Ti Jey Dillashou UFC chempioni haqida gapirdi
SHuningdek u Sterlingni osonlik bilan mag'lub etish mumkin bo'lgan jangchi deb hisoblaydi.
"Men tavakkal qildim va shuning uchun ham bu tavakkalchilikka asoslangan o'yin deyiladi. Albatta men o'tirib, operaciya qildirishim mumkin edi. Ammo yana qachon chempionlik jangini olardim? Hayolimda birgina fikr bor edi - operaciyaga boraman va bir yil safdan chiqaman. SHundan keyin menga chempionlik jangini berishlariga xech qanday kafolat yo'q edi. O'ylaymanki, ayni paytda osonlik bilan mag'lub etish mumkin bo'lgan chempion bor.
Umuman olganda shunday fikr borki, avvaliga unga kamarni sovg'a qilishdi. Keyin esa revanshda Yanni mag'lub etdi. Ha, u ajoyib sportchi, uning ajoyib g'alabali seriyasi bor, u cho'qqiga chiqib oldi - ammo uni barchadan kuchli chempion deb hisoblamayman. Uni diviziondagi eng zo'ri demagan bo'lardim", - dedi Dillashou.
Fikrlar