31 mar 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Konorning tanqidiga javob qaytardi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman Konor Makgregorning tanqidiga javob qaytardi.
«Siz Gilbert Bernsdan parterda qanday ishlashim yoki Xorxe Masvidaldan boksim qanchalik noqulay ekanligini so'rashingiz mumkin», dedi Usmon Sky Sports nashriga. «Har kimning o'z fikri bor. Raqiblarim jangdan oldin ko'p gaplarni aytadi. Lekin oktagonga kirganingizda, men, raqib va hakam qoladi».
«Ehtimol, odamlarga mening bemani gaplarni aytmasligim yoqmas. Biroq oktagonga kirganimdan so'ng har bir gap uchun raqibimdan javob olaman. Men vaznidan qatiy nazar eng zo'r jangchiman»,-dedi Kamaru Usman.
Eslatib o'tamiz, Konor Kamaru Usmani kuchsiz raqib sifatida bilishini aytgandi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar