12 avg 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman nokautchining "vyzov"iga javob qaytardi
Yarim o'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Kamaru Usman nokautchi Visente Lukening chorlovini javobsiz qoldirmadi.
Luke yakshanba tongida AQSHning Xyuston shahrida o'tkazilgan UFC 265 turniri doirasida Maykl Kesani birinchi raundning o'zida bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan va jangdan so'ng Kamaru Usmaga "vyzov" tashlagandi.
"Do'stim, sen oktagonda yaxshi ko'rinding. Balki tez orada raqsga tusharmiz", - deya o'zining "Tvitter" sahifasida bu chaqiruvga javob qaytargan "Nigeriyalik dahshat".
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman 6 noyabr kuni Nyu-Yorkda o'tkaziladigan UFC 268 turnirining markaziy jangida reytingning birinchi pog'onasidan joy olib turgan Kolbi Kovingtonga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar