18 fev 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman olti oyga chetlatilishi mumkin
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman olti oyga janglardan chetlatilishi mumkin.
UFC 258 kechasida Kamaru oyog'idan jiddiy jarohat oldi. Nigeriyalik sportchi rentgenga tushishi lozim va jarohat jiddiy bo'ladigan bo'lsa Nevada sport komissiyasi sportchini 13 avgustga qadar janglarda ishtirok etishini taqiqlab qo'yishi mumkin.
Agar jarohat jiddiy bo'lmasa u bir oyga janglardan chetlatiladi. SHuningdek, o'sha kuni unga qarshi jang qilgan Gilbert Berns ham tibbiy chetlatish oldi. U 31 martga qadar janglarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar