So’nggi yangiliklar

19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0 17:04Эркин курашчиларимиз Туркиядаги халқаро турнирда қатнашади, Разамбек ҳам таркибда 0 16:17Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги санаси маълум бўлди 0 15:36Возинья, Кукурелья, Олисе, Мбаппе, Месси… ФИФА ЖЧ-2026 рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 15:01Магомед Анкалаев Богдан Гусков билан жангни «машғулот» деб атади 0 14:33Осиё чемпионати. Синхрон сузиш баҳсларида 2 та олтин медал қўлга киритилди 0 13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0

21 dek 09:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Kamaru Usman qaytmoqda, nigeriyalik "dahshat" raqibni ham elon qildi

Yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman tez orada oktagonga qaytishini malum qildi.

Nigeriyalik aralash yakkakurash ustasi avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi jang o'tkazish istagida ekanini ochiqladi. Ushbu jangning 2025 yil 8 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida tashkil etiladigan UFC 312 turniri doirasida o'tkazilishi kutilmoqda. 

"Uning men bilan jang qilmoqchi bo'layotganini eshitdim. Jek bir nechta intervyularida bu haqda gapirganini ham ko'rdim. Men buni olqishlayman. Agar uning o'rnini bo'lganimda men ham xuddi shunday yo'l tutardim. Diviziondagi eng katta jangga ega bo'lishi uchun ham u shunday qilyapti. Men orqali u yuqori darajaga ko'tarilmoqchi. Vaznimizdagi juda ko'p yigitlardan o'tdim. Sen ham ularning biri bo'lasan. Faqat birgina muammo bor - fevralga ikki oy vaqt qoldi. Tayyorgarlik ko'rishim uchun bu muddat etarmikan?", - deya MainEventTV kanaliga intervyu bergan Usman.

Malumot uchun, Kamaru Usman so'nggi jangini 2023 yilning oktyabr oyida Xamzat CHimaevga qarshi o'rta vazn toifasida o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'shanda u qisqa muddatda jangni qabul qilgan edi. 

Jek Della Maddalena esa UFC`da ettita g'alabali seriya bilan kelmoqda. SHu yilning mart oyida u Gilbert Bernsni uchinchi raundda nokautga uchatgandi. Ayni paytda Kamaru Usman yarimo'rta vazn toifasi reytingida uchinchi, Jek Della Maddalena esa to'rtinchi o'rinni band etgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing