07 fev 09:52
Yangiliklar
Kamaru Usman SHavkat Rahmonovning UFC reytingidan chiqarib tashlanganiga munosabat bildirdi
Sportchi UFC’ning yarim o'rta vazn toifasida (77 kg gacha) jang qiladi.
"Men unga achinaman, chunki sen xohlaydigan yagona narsa — sog'lom bo'lish, musobaqalashish va oddiy qilib aytganda maydonga chiqib ishingni qilish, oilangni taminlash. Lekin, afsuski, bu holatda unday bo'lmayapti. U doim jarohat olayapti. Agar bu haqiqatan ham sen shug'ullanmoqchi bo'lgan ish bo'lsa va senda chempion bo'lish ambiciyasi bo'lsa, o'zgarishlar haqida o'ylash kerak. Yangi lager topish va sportni tugatib qo'ymasdan oldin tanangga etibor berish kerak - keyin esa xohlagan hayotingni yashashing uchun. Mening tushunishimcha, bu bir xil jarohat bo'yicha ikkinchi yoki uchinchi marta operaciya bo'lyapti", — dedi Usman.
Fikrlar