03 mar 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Vudlidan chempionlik kamarini tortib oldi
Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC oqshomning yana bir qiziqarli jangi yarim o'rta vazn toifasida kechdi.
Unda amaldagi UFC chempioni Tayron Vudli davogar Kamaru Usman bilan to'qnash keldi. Besh raundga mo'ljallangan chempionlik jangi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi.
Butun jang davomida sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Usman yakunda 50-44, 50-44, 50-45 hisobida g'alaba qozonib, yarim o'ta vazn toifasining yangi UFC chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar