06 may 10:37
Yangiliklar
Kamaru Usmanning jamoasi keyingi jang kimga qarshi bo'lishini tasdiqladi
Bir necha kun oldin Kamaru Usmanning navbatdagi jangini o'rta vaznda sobiq chempion Drikus Dyu Plessiga qarshi o'tkazishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Usmanning jamoasi mazkur xabarlarga munosabat bildirar ekan, Kamaru haqiqatan ham keyingi jangida Drikyus Dyu Plessi bilan to'qnash kelishini tasdiqladi.
O'rta vazn toifasidagi bellashuv iyul oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Kamaru Usman so'nggi jangini o'tgan yilning iyun oyida o'tkazgandi. O'shanda u Xoakin Baklini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgan edi. Bungacha Usman 2023 yil oktyabr oyida o'rta vazn toifasida Xamzat CHimaev bilan jang o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi.
Drikus Dyu Plessi esa o'tgan yilning avgust oyidan beri oktagonga chiqmayapti. Drikus oxirgi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan CHimaevga yutqazib, o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini boy bergan edi. Bungacha janubiy afrikalik jangchi tashkilotda mag'lubiyatsiz kelayotgandi. Ketma-ket to'qqizta g'alaba va ikki chempionlik himoya jangidan keyin Xamzatdan engilgan edi.
Fikrlar