08 mar 19:22
Yangiliklar
Kamila Valieva terma jamoadan chiqarildi
Rossiya sport vazirligi qarori bilan 26 aprel kuni 18 yoshga to'ladigan Valieva terma jamoa safidan chiqarildi. Mamlakat figurali uchish federaciyasi yosh sportchining chetlatilishi masalasida katta mojaroga aralashmoqchi emas. Bu haqda Figurali uchish bo'yicha milliy federaciya bosh direktori Aleksandr Kogan TASS axborot agentligiga bergan intervyusida malum qildi.
CAS ham Valievaning 4 yillik diskvalifikaciyani tasdiqlagan. Jazo 2021 yilning 25 dekabridan kuchga kirgan deb hisoblanadi va 2025 yilning 25 dekabr kuni yakuniga etadi. Kamila jazo muddati yakuniga etguniga qadar barcha turdagi sport faoliyatidan chetda bo'ladi.
Takidlash joiz, Kamila Valievani qo'llab-quvvatlash akciyalari Rossiyaning Moskva, Ekaterinburg, Perm, Ufa, CHelyabinsk, Nijniy Novgorod, Volgograd, Samara, Voronej, Tyumen, Novosibirsk kabi shaharlarida bo'lib o'tgan. Yaqinda Valieva o'zi tug'ilib o'sgan Qozon shahri mezbonlik qilgan Kelajak o'yinlari musobaqasining tantanali ochilish marosimini Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan tomosha qilgan edi.
Fikrlar