02 jan 15:11
Yangiliklar
Kamilla Rahimova 2026 yilgi tennis mavsumini g'alaba bilan boshladi
Avvalroq, 2026 yilning ilk WTA turnirida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham muvaffaqiyatli start olgani haqida xabar bergan edik. Kamilla Rahimova ham ushbu musobaqaning saralash bahslarida finalga yo'l oldi. Vakilamiz 1/2 finalda avstraliyalik Astra SHarmani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Taqqoslash uchun, Rahimova WTA reytingida 97, SHarma esa 160-o'rinni egallab turibdi. Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda mezbon tennischi 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan, Kamillada bu borada eys yo'q. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi bo'ldi. Hisob tennischimiz foydasiga - 3:1.
Endi turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Rahimova asosiy to'rga yo'llanma beruvchi saralashning final bahsida uchinchi raketka, slovakiyalik Rebekka SHramkovaga qarshi kortga chiqadi. Tennischilarimiz ishtirokidagi final uchrashuvlari bizning vaqt bilan ertaga tong sahar soat 5:00da boshlanadi.

Fikrlar