03 fev 07:39
Yangiliklar
Kamilla Rahimova 36 yashar dunyoning 36-raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 283 347 AQSH dollarini tashkil qiladi. Rahimova ilk davrada ruminiyalik Sorana Kirstyaga qarshi kortga chiqdi. Aprel oyida 36 yoshga to'ladigan tajribali tezbon tennischi turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan.
Afsuski, 101 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sorana o'z vatandoshlari qo'llab-quvvatlashi ostida Kamilladan ustun keldi - 6/4, 6/4. Kirstya ayol tennischilarga unchalik xos bo'lmagan tarzda 14 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Rahimovada bu ko'rsatkich 2 tani tashkil etdi. Qo'shxatolar vakilamizda ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi edi - 3:0.
Endi Kamilla Rahimova bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi. U bugun ispaniyalik Tormo Sorribes bilan juftlikda Xitoy Taypeyi vakilalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar