04 dek 11:36
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova Anjedagi g'alabali yurishini davom ettiryapti. U 1/4 finalda!
Xabar berganimizdek, Franciyaning Anje shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 125 turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada 24 yoshli asli rossiyalik raketka ustasi, shu oy boshidan O'zbekiston sharafini himoya qilayogan Kamilla Rahimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
U kecha turnirning 1/8 finalida Polsha vakilasi Linda Klimovichovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 37 daqiqa davom etgann uchrashuvda Kamilla 6/0, 6/7, 6/3 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endi Rahimova yarim final chiptasi uchun xitoylik Jang SHuay (WTA reytingida 90-o'rin) hamda germaniyalik Mona Bartel (WTAdagi o'rni 225) o'rtasidagi bahs g'olibi bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, Kamilla Rahimova ayni damda WTA reytingida 112-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar