16 fev 18:29
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova dunyoning 20-raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova WTA Dubai turniridagi ishtirokini yakunladi.
U musobaqaning 1/32 final bosqichi doirasida amerikalik Iva Yovichga qarshi kortga chiqdi.
1 soat, 51 daqiqa davom etgan uchrashuvda 18 yashar Yovichning qo'li baland keldi 2:1 (6/1, 1/6, 6/1). Endi Iva keyingi bosqichda WTA reytingida 21-o'rinni egallab turgan neytral maqomdagi Diana SHnayder bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, 24 yoshli Kamilla Rahimova hozirda dunyo reytingida 91, Yovich esa 20-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar