24 fev 10:54
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova dunyoning 65-raketkasini mag'lub etdi (VIDEO)
O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova AQSHning Ostin shahrida tashkil etilayotgan turnirdagi ishtirokini chiroyli g'alaba bilan boshladi.
Vakilamiz WTA 250 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning birinchi bosqichida dunyoning 65-raketkasi, musobaqada 6-raqam ostida tasniflangan vengriyalik Anna Bondarga qarshi kortga chiqdi. To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda Rahimova 6/3, 7/5 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, 24 yoshli Kamilla Rahimova WTA reytingida 92-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bondarga 9 ta eys zarbasi ham yordam bera olmadi. Kamilla bu borada eys ijro eta olmadi. Endi Rahimova 1/8 finalda WTA reytingida 76-pog'onada borayotgan rossiyalik Oksana Selexmetevaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs ertaga bizning vaqt bilan soat 21:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar