26 fev 08:51
Yangiliklar
Kamilla Rahimova dunyoning 76-raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Vakilamiz WTA 250 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning birinchi bosqichida dunyoning 65-raketkasi, musobaqada 6-raqam ostida tasniflangan vengriyalik Anna Bondarni 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Afsuski, Rahimova 1/8 finalda WTA reytingida 76-pog'onada borayotgan rossiyalik Oksana Selexmetevaga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda Selexmeteva 6/2, 7/5 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, 24 yoshli Kamilla Rahimova WTA reytingida 92-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:2. Kamilla 1, Oksana 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar ham, breyklar ham mos ravishda 1 ga va 3 ga 6 nisbatida Selexmeteva foydasiga bo'ldi.

Fikrlar