13 iyu 18:29
Yangiliklar
Kamilla Rahimova Emma Radukanuga qarshi kortga chiqdi
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Kamilla Rahimova ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.
Kamilla bugun chorak final doirasida britaniyalik tennischi Emma Radukanuga qarshi kortga chiqdi. Dunyoning 42-raketkasiga qarshi bahsda Rahimova 3/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o'tamiz, Kamilla Rahimova musobaqaning saralash bosqichi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 54-raketkasi, saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan germaniyalik Tatyana Mariyaga mag'lub bo'lgandi. SHunga qaramay, u keyinchalik "laki luzer" (omadli mag'lub) sifatida asosiy to'rdan joy olib, to'g'ridan-to'g'ri nimchorak final bosqichiga yo'l oldi va turnirning 1/8 finalida britaniyalik tennischi, dunyo reytingida 160-o'rinni egallab turgan Xerriet Dart ustidan g'alaba qozondi.
Fikrlar