18 mar 18:01
Yangiliklar
Kamilla Rahimova "laki-luzer" sifatida asosiy to'rga qo'yildi, bugun u 1/64 finalda kortga chiqadi
Musobaqaning saralash bahslari final uchrashuvida mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova dunyoning 68-raketkasi, avstraliyalik 21 yoshli Talia Gibsonga 3/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Qizig'i, vakilamiz saralash bahslarining "laki-luzer", yani omadsiz omadli sifatida asosiy to'rga qo'yildi. Bugun Rahimova 1/64 final bosqich uchrashuvida argentinalik Solana Sierraga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 82, Sierra 63-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi va bizning vaqt bilan soat 23:00da boshlanadi. SHu yilning 13 fevral kuni Dubayda o'tkazilgan turnirning saralash bahslarida Rahimova Solanani mag'lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar