23 apr 11:34
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova Madrid Open turnirining ilk davrasida kortga chiqdi
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 1000 tasnifidagi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham o'z omadini sinab ko'rdi. U grunt kortlarda o'tkazilayotgan turnirning 1/64 final bosqichida ukrainalik Angelina Kalininaga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda 29 yoshli Kalinina 6/2, 5/7, 6/2 hisobida g'alaba qozondi. Angelina musobaqaga kvalifikaciya orqali yo'llanma olgandi.
Taqqoslash uchun, 24 yoshli Kamilla hozirda WTA reytingida 73, Angelina Kalinina esa 110-o'rinni egallab turibdi.
Mutua Madrid Open turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 8 mln 235 ming 540 AQSH dollarini tashkil etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar