11 mar 15:51
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova Ostin "CHellenjer"idagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi
SHu kunlarda AQSHning Ostin shahri tennis bo'yicha ayollar o'rtasida "CHellenjer" turkumiga kiruvchi WTA 125 turniriga mezbonlik qilmoqda.
Mukofot jamg'armasi umumiy hisobda 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning ilk bosqichida o'zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova niderlandiyalik Lamens Syuzan ustidan g'alaba qozongan edi.
11 martdan 12 martga o'tar kechasi (1:00) Rahimova nimchorak final doirasida kortga chiqadi. Unga avstraliyalik Kimberli Birrell raqib bo'ladi.
Malumot uchun, 24 yoshli Kamilla Rahimova hozirda dunyo reytingida 88-o'rinni egallab turibdi. 27 yashar Kimberli Birrell esa ushbu reytingda 69-pog'onada qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar