07 dek 20:42
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova O'zbekiston uchun ilk WTA sovrinini yutdi
Hozirgina Franciyaning Anje shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida o'tkazilgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Musobaqada 24 yoshli asli rossiyalik raketka ustasi, noyabr oyidan O'zbekiston sharafini himoya qilayogan Kamilla Rahimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Tamara Korpachga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan matchda WTA reytingida 112-o'rinni egallab turgan Rahimova 6/3, 7/6(4) hisobida g'alaba qozonib, Anje turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Bu uning O'zbekiston uchun taqdim etgan ilk chempionlik sovrini bo'ldi.
Taqqoslash uchun, 30 yoshli Tamara Korpach WTA reytingida 138-o'rinni band etgan. Katta ehtimol bilan Kamilla Rahimova ertaga elon qilinadigan yangilangan WTA reytingida Top-100`talikka kiradi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar