03 jan 08:50
Yangiliklar
Kamilla Rahimova va Mariya Timofeeva final uchrashuvini o'tkazdi
Afsuski, har ikki tennis malikamiz asosiy to'rga yo'llanma bergan saralashning final uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Ular 2026 yilning ilk WTA turnirida muvaffaqiyatli start olgandi. Rahimova 1/2 finalda avstraliyalik Astra SHarmani 6/2, 6/2, Timofeeva dunyoning 70-raketkasi, saralashda birinchi raqam ostida tasniflangan xorvatiyalik Antonia Ruzichni 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Turnirda sakkizinchi raqam ostida harakat qilgan Rahimova biroz avval yakuniga etgan va asosiy to'rga yo'llanma bergan saralashning final bahsida musobaqaning uchinchi raketkasi, slovakiyalik Rebekka SHramkovaga deyarli qarshiliksiz yutqazdi - 1/6, 2/6. WTA reytingida 143-o'rinni egallab turgan Timofeeva esa belaruslik Aleksandra Sasnovichga 2/6, 6/3, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar