10 okt 18:05
Yangiliklar
Kamilla Rahimova Wuhan Open`da Australian Open chempionini mag'lub etdi
Vakilamiz Wuhan Open turnirining saralash bahslarida finalga chiqdi. Kamilla 1/2 finalda amerikalik taniqli tennis malikasi, dunyoning sobiq to'rtinchi raketkasi, Australian Open-2020 chempioni, Roland Garros-2020 vice-chempioni Sofiya Keninni 6:0, 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, saralashda 15-raqam ostida tasniflangan Rahimova ayni paytda WTA reytingida 76, Kenin esa 107-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Kamilla 93 daqiqalik bahs davomida 6, Sofiya esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ertaga hamyurtimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final uchrashuvida reytingning 231-pog'onasida borayotgan xitoylik Han SHiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar