So’nggi yangiliklar

19:02"Манчестер Юнайтед" "Реал" юлдузини сотиб олмоқчи 0 18:33RIZIN чемпиони Mangu 2 турнири меҳмони бўлади (ПОСТЕР) 0 18:09Отабек Умаров ва Ойбек Касимов Осиё Олимпия кенгаши Ижроия қўмитасининг 109-йиғилишида иштирок этди 0 17:48Расман! UFC Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги турнирни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 17:27"Барселона" вингери кейинги мавсумни ижарада ўтказади 0 17:06Оқ уйдаги UFC турнири учун хавфсизликни баҳолашнинг энг юқори даражаси ўрнатилади 0 16:45Кроуфорд Мадримовнинг Канело билан эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:23Жаҳонгир Зокиров Жаҳон кубогидаги юришини бошлайди 0 16:02МЮ Каземирога "Реал"дан ўринбосар топди 0 15:41ATP рейтинги. Наҳотки!? Фомин 24, Султонов 65 поғонага юқорилади 0 15:20"Менда доғистонликлар билан муаммо йўқ, фақат Нурмагомедов..." - Двалишвили 0 14:59О’Мэлли жанги даъвогарлик мақомида бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 14:38"Ньюкасл" ўз етакчиси учун "Бавария"дан 75 миллион фунт сўрамоқда 0 14:17Фомин Shymkent Challenger турниридаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 13:56Маҳмуд Мурадов ўзига янги қимматбаҳо автомобил харид қилди (ФОТО) 0

15 noy 08:48
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamonchilarimiz tarixda ilk bor mikst dasturida Osiyo chempionati sovrindoriga aylanishdi

Bu haqda O'zbekiston kamondan otish federaciyasi xabar berdi.

"Bangladeshning Dakka shahrida bo'lib o'tgan 24-Osiyo chempionatida yurtimiz kamonchilari tarixiy yutuqqa erishib, yuqori professionallik, matonat va g'alabaga bo'lgan qatiyatini yorqin namoyon etdilar.

Aralash juftlik bahslarida Parij Olimpiadasi ishtirokchilari — Amirxon Sodiqov va Ziyoda Abdusattorova ajoyib natija qayd etdilar. Ular keskin kechgan yarim finalda amaldagi Parij-2024 Olimpiya chempionlari — Janubiy Koreya jamoasini mag'lub etib, O'zbekiston kamondan otish tarixida mislsiz sahifani ochdilar. Bu g'alaba jamoamizning dunyoning etakchi terma jamoalari bilan tengma-teng bellasha olishini isbotladi.

Final bahsida esa O'zbekiston dueti Xitoy Taypeyi terma jamoasi bilan kuch sinashib, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHunga qaramay, ular mamlakatimiz tarixida ilk bor aralash juftlik yo'nalishida Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldilar.

Musobaqaning yana bir tarixiy onlari erkaklar terma jamoasiga nasib etdi — ular ilk bor bronza medalini qo'lga kiritdilar. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda vakillarimiz qatiyat va ishonch bilan Qozog'iston jamoasini mag'lub etdilar", deyiladi federaciya xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing