07 mar 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo: "Golovkin gapirgan gaplari uchun tovon to'laydi"
Saul "Kanelo" Alvares Gennadiy Golovkin bilan shaxsiy hisob-kitobi borligi va sentyabrda u bilan jang qilishni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.
"Ha, bu men uchun shaxsiy voqeylik. Sababi, u men haqimda juda ko'p yomon gaplar gapirdi. SHunday ekan, u buning uchun tovon to'laydi", - deya aytib o'tgan Kanelo o'z intervyusida.
SHu o'rinda aytib o'tish kerak-ki, uchinchi jang Kanelo Bivolni, Golovkin esa Ryota Muratani mag'lub etgan taqdirdagina amalga oshadi.
"Nega aynan hozir, bilmayman. Menimcha, etarli. Lekin biz kelishuvga erishdik va bu men uchun eng yaxshisi. Bizda uchinchi jangni o'tkazish uchun imkon bor. Bivolni 100% o'rgandim, ko'ramiz nima bo'lar ekan", - deya so'zlariga yakun yasadi Kanelo.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar