30 mar 16:55
Yangiliklar

"Kaneloni nokaut qila olamanmi? Albatta!" - Terens Krouford
"Men Saulni muddatidan oldin to'xtatishga harakat qilmayman. Maqsadim - g'alaba qozonish. Uni nokaut qilishga intilmayman. SHunday bo'lishi mumkinmi? Albatta, ha.
Kaneloga qaraganimda, og'ir vazn toifasiga o'tib olgan bo'yi past yigitni ko'raman. Yirikroq yigitlar uni mag'lub etishga urinishgan, ammo Saul doimo so'nggi lahzada ularni dog'da qoldirib ketadi. Ular Kaneloga kuchli zarbalar berishga harakat qilishadi, lekin Alvares doimo qochib qola oladi, chunki u tezkor.
Agar Saul kuchli zarab o'tkazib yuborsa, shubhasiz talofat ko'radi. U mashina emas, men kabi odam. Alvaresdan qon oqishi mumkin. Men ringga: "Men bu yigitni taslim eta olmayman" degan fikr bilan chiqmayman. Ammo nokaut qilishga ham harakat qilmayman", - dedi Krouford.
Fikrlar