25 mar 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Kaneloning Riyadh Season doirasidagi ilk jangi Ar-Riyodda bo'lishiga qaramay, turnir mahalliy vaqt bilan tongda o'tkaziladi
4 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida prof boks bo'yicha Riyadh Season tadbirlar turkumidan o'rin olgan turnir bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi o'rta vazn toifasi WBC, WBA va WBO yo'nalishlarida jahon chempioni Saul Alvares (62-2-2, 39 KO) hamda ushbu vaznda IBF chempioni Uilyam Skall (23-0, 9 KO) o'rtasida kechadi.
Qizig'i, Ring Magazine nashri tarqatgan xabarga ko'ra, turnir Ar-Riyod vaqti bilan tonggi soat 6:00 da boshlanadi. AQSHda esa bu payt tungi vaqt hisoblanadi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da boshlanadi.
Bu Kanelo uchun Riyadh Season bilan hamkorlikdagi to'rtta jangining birinchisi bo'ladi.
Havola :
Manba : Ring Magazine
Fikrlar