18 iyu 19:51
Yangiliklar
Futbol
Kannavaro JCH tarixiga kirdi
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o'tkazdi (1:3).
"Opta Sports" tahliliy portalining malum qilishicha, 52 yoshli italiyalik Jahon chempionatida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ishtirok etgan tarixdagi to'rtinchi "Oltin to'p" sohibi bo'ldi.

Bungacha faqat Franc Bekkenbauer, Oleg Bloxin va Marko van Basten shunday natijaga erisha olgandi.
Fabio Kannavaro Italiya terma jamoasi tarkibida 2006 yil Jahon chempionatida g'olib chiqqan. O'sha yili himoyachiga nufuzli "Oltin to'p" sovrini topshirilgan. Sobiq futbolchi O'zbekiston terma jamoasini 2025 yilning oktyabr oyida qabul qilib olgan edi.
Havola :
Manba : Opta Sports
Fikrlar