28 apr 11:34
Yangiliklar
Futbol

Karlo Anchelottining kelajagi malum
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga mavsumi yakunlanishi bilan jamoani tark etadi.
U "Qirollik klubi" bilan iyunda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmaydi. 65 yoshli mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarishga rozilik bergan.
Eslatib o'tamiz, Anchelottining "Real" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Avvalroq, unga Braziliya terma jamoasi 2030 yilga qadar bo'lgan shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Fikrlar