23 dek 10:17
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaras Ozodlik haykalini tatuirovka qildi + FOTO
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaras qo'liga Ozodlik haykalini chizdirdi.
SHu yil ispaniyalik tennischi US Open turniridagi g'alabasidan so'ng ikkita tatuirovka: Bruklin ko'prigi va Ozodlik haykalini tatuirovka qilmoqchi ekanini aytgandi.
Ilk US Open chempionligidan so'ng, ispaniyalik tennischi final sanasi - "11.09.22" hamda bobosining "bosh, yurak va tuxum" degan maslahati bilan tatuirovka qildi. Bundan tashqari, Alkarasning tanasi Rolan Garos-2024 va Uimbldon-2024 finallari sanalari, Eyfel minorasi va qulupnay bilan to'ldirilgan.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar