22 fev 11:52
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaras Qatar turniri chempioni!
Dunyoning birinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida raqibini 52 daqiqada mag'lubiyatga uchratdi.
Ispaniyalik tennischi faoliyatidagi 26-chempionlik sovriniga ega chiqdi. Karlos Alkaras final bahsida ATP reytingida 40-o'rinni egallab turgan franciyalik Artyur Fisni osonlik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/1.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Bor yo'g'i 52 daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 5 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Karlos 500 reyting ochkosi hamda 529 245 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi. Fis esa $ 285 095 hamda 330 ochkoga boyib oldi.

Havola :
Manba : atp.com
Fikrlar