07 iyu 11:32
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaras Uimbldon 1/8 finalida o'ynaydi
London shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz to'rtinchi bosqichda ATP reytingida 14-o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyovni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi setni tay-brekda boy bergan ispan tennischisi kambek qilishga muvaffaq bo'ldi - 6/7(5), 6/3, 6/4, 6/4.
Karlos tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinda bormoqda - 3:1. Ikki soatu 43 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 22, Rublyov esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ispan ketma-ket 22-g'alabasini qo'lga kiritdi. Endi u 1/4 finalda britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar