08 sen 12:39
Yangiliklar

Karlos Alkaras US Open chempioni!
Nyu-York shahrida yakuniga etgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati finalga qadar duyoning ikkinchi raketkasi bo'lib kelgan Karlos Alkarasning tarixiy g'alabasi bilan tugadi.
Ispaniyalik tennischi hal qiluvchi final bahsida amaldagi chempion, uzoq vaqt dunyoning birinchi raketkasi maqomida bo'lib kelgan italiyalik Yannik Sinnerni 6/2, 3/6, 6/1, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos katta farq bilan oldinda bormoqda - 11:5.
Ikki soatu 44 daqiqalik final uchrashuvi statistikasi:
Karlos Alkaras — 10 ta eys, qo'shxato yo'q, 5 ta breyk
Yannik Sinner — 2 ta eys, 4 ta qo'shxato, 1 ta breyk
Alkaras ikkinchi bor US Open turniri chempioniga aylandi. U 2022 yilda ham bosh sovrinni boshi uzra baland ko'targan edi. Endi Karlos "Katta Dubulg'a" turnirlarining 6 karra g'olibi. US Open musobaqasidagi ikki haftalik mehnat Alkarasga 5 million dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini keltirdi. Ispaniyalik tennischi ATP reytingi karvonboshisiga ham aylanib oldi. Sinner esa 2,5 million AQSH dollari ishlab oldi. Reytingda esa 2-o'ringa pastladi.
Fikrlar