17 may 15:40
Yangiliklar
Karlos Prates Maxachev - Garri to'qnashuvi g'olibi bilan jang qilib, UFC chempioni bo'lmoqchi
"Menimcha, keyingi jangim kamar uchun bo'ladi. Menda uchta g'alaba, uchta nokaut va uchta bonus bor. Uch raqibimdan ikkitasi esa sobiq chempionlar edi. SHuning uchun, ha, keyingi jangim chempionlik uchun bo'ladi deb o'ylayman. Noyabr yoki dekabr oyida Islam Maxachev — Ien Garri jangi g'olibi bilan uchrashish ajoyib bo'lardi. Yilni chempion sifatida yakunlash juda zo'r bo'lardi.
Garri bilan revansh ulkan to'qnashuvga aylanadi. Ayniqsa, kamar o'rtaga qo'yilsa, aynan shu jangni eng ko'p xohlayapman. Ammo Islamni mag'lub etish ham ajoyib bo'lardi, chunki u vazn toifalaridan qati nazar UFC’ning eng yaxshi jangchilari reytingi etakchisi. Uni engish ham katta yutuq bo'lardi. Bundan tashqari, men bonus va chempionlik kamarini ham qo'lga kiritaman", — dedi Prates AgFight portaliga.
Fikrlar